BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI MA'LUMOTLARINING STRATEGIK BOSHQARUV HISOBIDAGI AHAMIYATI
Abstract
Bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, unda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bunday qarorlar esa faqat aniq, ishonchli va tizimlashtirilgan axborotlarga asoslangandagina muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ayniqsa, buxgalteriya hisobi orqali shakllantirilgan moliyaviy ma’lumotlar banklarda strategik boshqaruv hisobining tayanch manbasi hisoblanadi. Ular orqali nafaqat joriy moliyaviy holat baholanadi, balki uzoq muddatli rejalashtirish, tavakkalchiliklarni boshqarish, investitsiya qarorlarini asoslash hamda resurslardan samarali foydalanish strategiyalari ishlab chiqiladi. Shu jihatdan buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining strategik boshqaruvdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qilish bank faoliyatini modernizatsiya qilishda dolzarb masala sanaladi.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Saparov Jasurbek (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.