RAQAMLI IQTISODIYOTNING GLOBAL SAVDO VA MAHALLIY BOZORLARGA TA’SIRI
Keywords:
raqamli iqtisodiyot, global savdo, mahalliy bozorlar, O‘zbekiston, ekonometrik tahlil, korelatsiya, regressiya, STATA, elektron tijorat, iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, eksport, raqamlashtirish, infratuzilma.Abstract
Raqamli iqtisodiyotning global savdo va mahalliy bozorlarga ta’siri zamonaviy iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu maqola O‘zbekiston misolida raqamli iqtisodiyotning global savdo va mahalliy bozorlarga ta’sirini ekonometrik tahlil asosida o‘rganadi. Tadqiqotda 2016–2024-yillarga oid statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga, eksport hajmlariga va mahalliy bozorlarning raqobatbardoshligiga ta’siri aniqlanadi. Maqolada raqamli iqtisodiyotning global savdo aylanmasini oshirishdagi o‘rni, elektron tijoratning rivojlanishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mahalliy ishlab chiqarishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonidagi muammolar va imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda korelatsiya va regressiya tahlillari STATA dasturidan foydalanib amalga oshirilib, raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir darajasi aniqlanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot eksport hajmini oshirish va mahalliy bozorlarda raqobatni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi, ammo infratuzilma va raqamli savodxonlikdagi muammolar rivojlanishni cheklaydi. Maqola O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi.
References
1. UNCTAD. (2021). Digital Economy Report 2021.
2. McKinsey Global Institute. (2020). Digital Globalization: The New Era of Global Flows.
3. OECD. (2022). The Economic Impact of Digital Transformation.
4. Brynjolfsson, E., & Kahin, B. (2020). Understanding the Digital Economy.
5. WTO. (2023). World Trade Report 2023: Digital Trade.
6. Schwab, K. (2019). The Fourth Industrial Revolution.
7. Xatamov, N.O. (2023). O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligi tahlili. Iqtisodiy Taraqqiyot va Tahlil.
8. Nazarov, K.I. (2020). Statistik tahlil usullari va ularning iqtisodiyotda qo‘llanilishi.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 Azamqulov Nurbek (Author)

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.