ABU ALI IBN SINONING INSON AHLOQI HAQIDAGI QARASHLARI
Keywords:
Ibn Sino, axloq, falsafa, sharq falsafasi, jamiyat, inson, insonparvarlikAbstract
Ibn Sino asarlarida axloqiy fazilatlarni shakllantirish masalasi alohida о‘rin egallaydi. Uning fikricha, pokiza xulq - odamiylik javhari, kishini inson sifatida ulug’laydi, tuban axloq esa odam umrining zavolidir. Ahloqsiz jamiyat hayotini tasavvur qilib bо‘lmaydi. Chunki inson-ijtimoiy subyekt, shaxs sifatida ijtimoiy munosabatlar mahsulidir va uning ijtimoiy ongiga boshqa shaxslar bilan о‘zaro hamkorlik qilish, turli sabablarga kо‘ra nochor ahvolga tushib qolganlarga yordam qо‘lini chо‘zishga intilish, о‘z yaqinlari haqida g’amxо‘rlik qilish kabi gumanistik xislatlar jo qilingandir. Insoniy fazilatlardan bо‘lgan ushbu jihat jamiyat hayoti omillari va insoniyatni olg’a tomon siljituvchi kuchlardan biri sifatida qadimgi davrlardan buyon tadqiq etib kelinadi. Bu masalada о‘rta asr sharq mutafakkirlari ham ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 Pulatov Sherdor Nematjonovich

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.